#YOL_YOLAKAY_KITOB_OQIYMIZ_MUTOLAA_SARI_YANA_BIR_QADAM

Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida kitob targ‘iboti tashkil etildi.

Targ‘ibot davomida aholi va yoshlar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, kitob mutolaasining inson ma’naviy kamoloti, dunyoqarashini kengaytirish va bilimini oshirishdagi ahamiyati haqida fikrlar bildirildi.

Shuningdek, ishtirokchilarning qiziqishlari va kitobxonlik ehtiyojlaridan kelib chiqib, turli janrdagi badiiy, ma’rifiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar tavsiya qilindi. Kitobxonlarni muntazam mutolaa qilishga undash, kitobga mehr uyg‘otish hamda kutubxona xizmatlaridan keng foydalanishga chorlovchi targ‘ibot ishlari olib borildi.

“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasining asosiy maqsadi — kitobni inson hayotining ajralmas hamrohiga aylantirish, mutolaani kundalik hayot tarziga singdirish va yangi kitobxonlarni kutubxonaga jalb etishdan iborat.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top