#KUTUBXONAGA_EKSKURSIYA

Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ekskursiya tashkil etildi.

Ekskursiya davomida ishtirokchilarga kutubxonaning bo‘limlari, kitob fondi, mavjud adabiyotlar hamda kitobxonlarga ko‘rsatilayotgan axborot-kutubxona xizmatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, ishtirokchilar kutubxonadagi badiiy, ilmiy-ommabop va ma’rifiy adabiyotlar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan kitoblarni tanlash va mutolaa qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Bunday tadbirlar yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top