
Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazida yoshlar ishtirokida “Buyuk allomalar merosiga sayohat va sharh” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Sayohat davomida yoshlar buyuk ajdodlarimizning hayoti, ilmiy va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan kitoblar hamda ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishdilar. Ishtirokchilarga allomalarimizning bebaho merosi haqida qiziqarli ma’lumot va sharhlar berildi. Kitob orqali buyuk ajdodlarimiz merosiga sayohat qilgan yoshlar ilm-ma’rifat va mutolaaga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdilar.
Ajdodlar merosi — ma’naviy xazinamiz, kitob esa uni anglashga eltuvchi yo‘ldir
![]()