#KITOBXON_KLUBI_AZOLARI_ISHTIROKIDA_JADIDLAR_MILLAT_FIDOYILARI

Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazida Kitobxon klub a’zolari ishtirokida “Jadidlar — millat fidoyilari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida xalqimizning ma’rifatparvar va fidoyi farzandlari — Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Cho‘lpon kabi jadidlarning hayoti, ijodiy faoliyati, millat ozodligi, ilm-ma’rifat va taraqqiyot yo‘lidagi xizmatlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Kitobxon klub a’zolari jadidlar merosiga oid asarlar bilan tanishib, ularning hayoti va ibratli faoliyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Ayniqsa, jadidlarning “Millat taraqqiyoti — ilm va ma’rifatda” degan g‘oyalari bugungi yoshlar uchun ham muhim hayotiy saboq ekani ta’kidlandi

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top