
Ko‘rgazmadan adibning sermazmun ijodiy merosi, she’riy va nasriy asarlari, jumladan, “Kafansiz ko‘milganlar” kabi asarlari o‘rin oldi. Kitobxonlarga Shukrulloning o‘zbek adabiyotidagi o‘rni, hayoti va ijodiy faoliyati haqida ma’lumotlar berildi. Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi — kitobxonlarni Shukrullo ijodi bilan yaqindan tanishtirish, uning bebaho adabiy merosini keng targ‘ib qilish hamda yosh avlodda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishdan iborat.
![]()