Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston xalq shoiri va iste’dodli dramaturg Shukrullo tavalludining 105-yilligi munosabati bilan   “Adabiyotimizning zabardast siymosi — Shukrullo” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmadan adibning sermazmun ijodiy merosi, she’riy va nasriy asarlari, jumladan, “Kafansiz ko‘milganlar” kabi asarlari o‘rin oldi. Kitobxonlarga Shukrulloning o‘zbek adabiyotidagi o‘rni, hayoti va ijodiy faoliyati haqida ma’lumotlar berildi. Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi — kitobxonlarni Shukrullo ijodi bilan yaqindan tanishtirish, uning bebaho adabiy merosini keng targ‘ib qilish hamda yosh avlodda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishdan iborat.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top