
Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Oltin vodiy mahallasida tashkil etilgan ko‘chma kutubxona kitoblari yangilandi.
Ko‘chma kutubxona fondidagi adabiyotlar yangi va mazmunli kitoblar bilan almashtirilib, kitobxonlar uchun qulay tarzda javonlarga joylashtirildi. Ushbu tashabbus aholining kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni yangi adabiyotlar bilan ta’minlash hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
![]()