
Arnasoy tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan aholi va yoshlar o’rtasida Alisher Navoiy va Jaloliddin Rumiy ijodi, ularning falsafiy va axloqiy qarashlarini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida ishtirokchilarga buyuk mutafakkirlarning hayoti va ijod yo‘li, asarlarida ilgari surilgan ilm-ma’rifat, ezgulik, insonparvarlik, mehr-oqibat, sabr-toqat va komillik g‘oyalari haqida ma’lumot berildi.
Tadbir davomida Alisher Navoiyning “Xamsa”, “Layli va Majnun”, “Hayrat ul-abror” kabi asarlari hamda Jaloliddin Rumiyning “Hikmatlar”, “Yetti majlis” singari asarlari namoyish etilib, ularning mazmun-mohiyati yuzasidan fikr almashildi.
![]()