

Joriy yilning 29-iyul kuni Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan «Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qing!» loyihasi doirasida aholi o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish maqsadida targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.
Targ‘ibot jarayonida aholiga kutubxona xizmatlari, yangi kelgan adabiyotlar, kitob mutolaasining inson kamolotidagi o‘rni hamda kutubxonaga a’zo bo‘lish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, turli yoshdagi kitobxonlar uchun tavsiya etiladigan badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar targ‘ib qilinib, barchaga mutolaani kundalik hayotning ajralmas qismiga aylantirish tavsiya etildi.
![]()