
Joriy yilning 28-iyul kuni Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan avval tashkil etilgan ko‘chma kutubxona xizmat ko‘rsatish maskanlaridan biri — Davlat xizmatlari markaziga navbatdagi tashrif amalga oshirildi.
Tashrif davomida kitobxonlar uchun taqdim etilgan adabiyotlar ko‘zdan kechirilib, kitoblar yangilandi va yangi badiiy hamda ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar bilan almashtirib kelindi.
Ko‘chma kutubxona xizmati orqali kitobxonlarga qulaylik yaratish, mutolaa madaniyatini oshirish va kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada kengaytirish maqsadida bu kabi ishlar muntazam davom ettirilmoqda.
![]()