
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-son “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Joriy yilning 13-iyul kuni Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda “Kitobxon” klubi a’zolari ishtirokida “Davraga kel, dugonajon!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida kitob mutolaasining inson ma’naviy kamolotidagi o‘rni, ayollar va qizlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa orqali bilim va tafakkurni boyitish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Ishtirokchilarga turli badiiy va ma’rifiy adabiyotlar tavsiya etilib, kitoblar ko‘rgazmasi namoyish qilindi. Davra suhbati samimiy muloqot, savol-javoblar va kitoblar haqidagi qiziqarli fikrlar bilan boyitilib, barcha qatnashchilarda mutolaaga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.
![]()