
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ–9-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Joriy yilning 7-iyun kuni Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan «Bir kunda bir kitob» loyihasi doirasida kitobxonlar o‘rtasida navbatdagi mutolaa tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida kitobxonlar bilan badiiy adabiyotlar yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi, mutolaaning inson kamolotidagi o‘rni, kitob o‘qish madaniyati va kitobxonlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, ishtirokchilarga yoshiga mos va mazmunli kitoblar tavsiya etilib, ularni muntazam kitob mutolaasiga jalb etish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.
Mazkur loyiha kitobxonlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qilmoqda.
![]()