#Davlat_xizmatlari_markazidagi_kochma_kutubxona_fondi_yangilandi

Joriy yilning 30-iyun kuni Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Davlat xizmatlari markazida tashkil etilgan ko‘chma kutubxonadagi kitoblar yangilariga almashtirildi.
Kitobxonlarning qiziqishlarini inobatga olgan holda badiiy, ilmiy-ommabop va ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar olib borildi. Mazkur yangilanish kitobxonlarga yangi asarlar bilan tanishish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda mutolaa madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan ko‘chma kutubxona fondi muntazam ravishda yangilanib, kitobxonlarga sifatli xizmat ko‘rsatish ishlari davom ettirilmoqda.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top