
Joriy yilning 29-iyun kuni Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan uy sharoitida bo’lgan, imkoniyati cheklangan kitobxonga navbatdagi «Kitob uyingizgacha» xizmati ko’rsatildi.
Tashrif davomida kitobxonning qiziqishlariga mos badiiy va ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar yetkazib berildi hamda avval olingan kitoblar yangilariga almashtirildi. Suhbat jarayonida mutolaaning inson hayotidagi o’rni, kitobxonlikni muntazam davom ettirish va yangi adabiyotlar bilan tanishish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazi aholining barcha qatlamlarini, jumladan imkoniyati cheklangan fuqarolarni ham kitob bilan ta’minlash, ularga qulay kutubxona xizmatlarini ko’rsatish va mutolaa madaniyatini rivojlantirish yo’lida o’z faoliyatini izchil davom ettirmoqda.
![]()