
Joriy yilning 29-iyun kuni Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan Moliya bo‘limidagi ko‘chma kutubxona fondi yangi adabiyotlar bilan yangilandi.
Kitobxonlarning qiziqish va ehtiyojlaridan kelib chiqib, ko‘chma kutubxonadagi mavjud adabiyotlar almashtirilib, ularning o‘rniga yangi badiiy, ilmiy-ommabop hamda ma’naviy-ma’rifiy kitoblar olib borildi. Bu esa kitobxonlarning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.
![]()