#Bir_kunda_bir_sahifa_tashabbusi_davom_etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi 9-son qarori ijrosini ta’minlash, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa odatini shakllantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash maqsadida Joriy yilning 29-iyun kuni Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan «Bir kunda – bir sahifa» tashabbusi doirasida navbatdagi mutolaa tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida bolalar va yoshlar ochiq havoda kitob mutolaa qildilar, o‘qigan asarlari yuzasidan o‘z fikr va taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar. Kutubxona mutaxassislari tomonidan kitob mutolaasining inson kamolotidagi o‘rni, muntazam o‘qishning bilim va tafakkurni rivojlantirishdagi ahamiyati haqida suhbat o‘tkazildi.
«Bir kunda – bir sahifa» tashabbusi har bir insonni har kuni kamida bir sahifa kitob o‘qishga undaydi. Bugungi o‘qilgan bir sahifa ertangi yuksak bilim, keng dunyoqarash va mustahkam ma’naviyat sari qo‘yilgan muhim qadamdir.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top