#Kiberxavfsizlik_barchamizning_masuliyatimiz_shiori_ostida_fleshmob_otkazildi

Joriy yilning 18-iyun kuni Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazi rahbari boshchiligida yoshlar ishtirokida ijtimoiy tarmoqlarda kiberxavfsizlik madaniyatini oshirishga qaratilgan fleshmob tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlar tomonidan internet tarmog‘idan xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, firibgarlik va kiberjinoyatlardan ogoh bo‘lish, kuchli parollardan foydalanish hamda ijtimoiy tarmoqlarda axborot xavfsizligiga rioya etish bo‘yicha ma’lumotli kontentlar tayyorlanib, keng jamoatchilikka tarqatildi.
Fleshmobning asosiy maqsadi aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kiberxavfsizlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirish, internet makonida uchrashi mumkin bo‘lgan tahdidlar haqida ogohlikni kuchaytirish hamda raqamli madaniyatni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top