
2026-yil 18-iyun kuni Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazi rahbari tomonidan axborot-kutubxona faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, sohaga innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish hamda xizmatlar sifatini yanada oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida axborot-kutubxona yo‘nalishlariga mos dasturiy ta’minotlarni yaratish va amaliyotga joriy etish, elektron xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, kitobxonlarga qulay va zamonaviy xizmatlar ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, biznes-rejalarni samarali tuzish, loyihalarni ishlab chiqish, grant mablag‘larini jalb etish va xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
![]()