

Joriy yilning 18-iyun kuni Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Yoshlar markazida yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish, mutolaaga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etishga qaratilgan volontyorlik harakati targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlar bilan kitob mutolaasining inson hayotidagi ahamiyati, ilm-ma’rifatning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni hamda kitobxonlikni ommalashtirishda volontyorlarning faol ishtiroki haqida suhbat o‘tkazildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida kitob o‘qishni targ‘ib qilish, tengdoshlarini kutubxonaga jalb etish, kitob tavsiyalari bilan o‘rtoqlashish va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol qatnashish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Tadbir yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda kitobga mehrini oshirishga xizmat qildi.
![]()