#Kitobni_kutmang_kitob_sizning_huzuringizda

2026-yil 18-iyun kuni Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va mutolaa ko‘lamini kengaytirish maqsadida mahallalarda ko‘chma kutubxona xizmatlari tashkil etilgan.
Tashriflar davomida kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar o‘tkazildi. Bunday tadbirlar yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda bilim va tafakkurini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, imkoniyati cheklangan kitobxonlar, hamda kutubxonaga kelish imkoniga ega bo‘lmagan fuqarolarning talab va istaklaridan kelib chiqib, ularga zarur adabiyotlarni manzillariga yetkazib berish ishlari ham yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu ezgu tashabbus orqali kitobxonlarga qulay sharoit yaratilib, kitob va mutolaaga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top