
Bugun Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazida “INFOLIB O‘ZBEKISTON – 2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur haftalik mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, aholining axborot-kutubxona xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda kutubxonachilik sohasidagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga qaratilgan.
Ochilish tadbiri ko‘tarinki ruhda, bayramona kayfiyatda tashkil etilib, unda kitob va ma’rifatning inson hayotidagi beqiyos o‘rni, zamonaviy kutubxonalarning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati alohida e’tirof etildi.
Haftalik doirasida kitob ko‘rgazmalari, ijodiy uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari hamda turli tanlovlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan
![]()