
Joriy yilning 9-noyabr kuni Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tuman Texnikumida tahsil olayotgan yoshlar ishtirokida “Kitob – ma’naviyat va ma’rifat manbai” mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
📖 Ko‘rgazmadan turli janrdagi badiiy, ilmiy-ommabop va ma’rifiy adabiyotlar o‘rin oldi. Tadbir davomida yoshlarga kitob mutolaasining inson dunyoqarashini kengaytirish, bilim va tafakkurini yuksaltirishdagi ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ular o‘rtasida mutolaa madaniyatini shakllantirish yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi
![]()