#Yangi_adabiyotlar_sharhi

Kutubxona fondiga yangi kelib tushgan badiiy adabiyotlarni kitobxonlarga tanishtirish va ularning mazmun-mohiyatini keng yoritish maqsadida yangi adabiyotlar sharhi tashkil etildi.

Tadbir davomida kitobxonlarga jahon va o‘zbek adabiyotining mazmunan boy asarlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Jumladan, Yu Huaning “Yashamoq”, Murod Muhammad Do‘stning “Lolazor”, Chingiz Aytmatovning “Asrni qaritgan kun” va “Oxirzamon nishonalari”, Said Ahmadning “Qorako‘z Majnun”, Tomas Mayn Ridning “Boshsiz chavandoz”, Primqul Qodirovning “Uch ildiz”, Sidni Sheldonning “Orziqib kutaman ertani” kabi asarlari kitobxonlar e’tiboriga havola etildi.

Sharh jarayonida har bir asarning mazmuni, mavzusi va g‘oyasi haqida tushunchalar berilib, kitobxonlarga asarlardagi insoniy fazilatlar, hayot sinovlari, sadoqat, ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurash, insonning o‘z taqdiriga munosabati kabi mavzular haqida so‘zlab berildi.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top