
Arnasoy tumanidagi Kelajak markazi o’quvchilari uchun Axborot-kutubxona markaziga mazmunli va qiziqarli sayohat tashkil etildi. Sahoyatdan ko’zlangan asosiy maqsad yoshlarning kitobxonlikka bo’lgan qiziqishini oshirish, ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo’ldi. Tadbir davomida o’quvchilarga Axborot-kutubxona markazi faoliyati, kitob fondi, kutubxonaga a’zo bo’lish tartibi hamda kitobxonlarga yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.O’quvchilar kutubxonaning turli bo’limlari bilan tanishib o’zlari qiziqtirgan savollarga javob oldi.Mazkur sayohat o’quvchilarda katta taassurot qoldirdi. Bunday ma’rifiy sayohatlar yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish, ularning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
![]()