
Joriy yilning 3-noyabr kuni Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi 10-umumta’lim maktabi kutubxonasida bo’lib, kutubxonachi faoliyatini yanada takomillashtirish, ish samaradorligini oshirish hamda kutubxona xizmatlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish yuzasidan amaliy va metodik yordam ko’rsatildi.Tashrif davomida maktab kutubxonasining faoliyati, mavjud kitob fondini tartibga solish, yangi kelib tushgan adabiyotlarni hisobga olish, katalog va kartotekalar bilan ishlash, kitobxonlar talab va ehtiyojlarini o’rganish bo’yicha zarur tavsiya va tushunchalar berildi.
![]()