ARNASOY TUMAN AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI XODIMLARI O‘RTASIDA SPORT MASHG‘ULOTLARI TASHKIL ETILDI

Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoada do‘stona va sog‘lom muhitni mustahkamlash, shuningdek, xodimlarning jismoniy faolligini oshirish maqsadida sport mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Mashg‘ulotlar davomida xodimlar turli jismoniy mashqlar, badantarbiya va harakatli mashg‘ulotlarda faol ishtirok etdilar. Sport mashg‘ulotlari xodimlarning jismoniy chiniqishi bilan bir qatorda, ularning kayfiyatini ko‘tarish, ishchanlik qobiliyatini oshirish va jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

Tadbir davomida sog‘lom turmush tarziga amal qilish, muntazam ravishda jismoniy faollik bilan shug‘ullanish hamda salomatlikni asrashning muhimligi haqida fikrlar bildirildi.

Bunday sport tadbirlari xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sog‘lom hayot tarzini shakllantirish va jamoada ijobiy muhitni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top