
Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tuman Moliya bo‘limida tashkil etilgan “Ko‘chma kutubxona” faoliyati davom ettirildi.
Tashrif davomida avval olib borilgan kitoblar almashtirilib, kitobxonlar uchun yangi badiiy va ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar yetkazib berildi. Moliya bo‘limi xodimlariga o‘z qiziqishlari va mutolaa ehtiyojlariga mos kitoblarni tanlash imkoniyati yaratildi.
Mazkur tashabbus xodimlar o‘rtasida kitobxonlik va mutolaa madaniyatini rivojlantirish, kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
![]()