#Kutubxonaga_ekskursiya_marifat_sari_unutilmas_sayohat

Joriy yilning 10-iyul kuni Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazida yosh kitobxonlar uchun navbatdagi «Kutubxonaga ekskursiya» tadbiri tashkil etildi.
Ekskursiya davomida bolajonlar kutubxona bo‘limlari, kitob fondi, elektron axborot resurslari hamda kitoblardan foydalanish qoidalari bilan yaqindan tanishdilar. Mutaxassislar tomonidan kitob mutolaasining inson kamolotidagi o‘rni, bilim olish va dunyoqarashni kengaytirishdagi ahamiyati haqida qiziqarli suhbat o‘tkazildi.
Shuningdek, bolalarga ularning yoshi va qiziqishlariga mos badiiy hamda ertak kitoblari tavsiya etildi. Ekskursiya davomida yosh kitobxonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kutubxona imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish barobarida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdilar.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top