#Kochma_kutubxona_kitob_bilan_marifat_sari

Joriy yilning 10-iyul kuni Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limida tashkil etilgan ko‘chma kutubxonaga tashrif buyurilib, kitob fondi yangilandi hamda mavjud adabiyotlar almashtirildi.
Tashrif davomida xodimlarga yangi badiiy, ma’naviy-ma’rifiy va ommabop adabiyotlar taqdim etilib, mutolaa madaniyatini yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng targ‘ib etish yuzasidan tavsiyalar berildi. Kitob almashinuvi orqali kitobxonlarning zamonaviy va qiziqarli asarlardan muntazam foydalanishiga qulay sharoit yaratildi.
Ko‘chma kutubxona faoliyati aholining barcha qatlamlariga kitobni yanada yaqinlashtirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda ma’rifatni keng yoyishga xizmat qiladi.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top