
Joriy yilning 9-Iyul kuni Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ularni yosh avlodga yetkazish va milliy an’analarni keng targ’ib etish maqsadida o‘lkashunoslik burchagida kitobxonlar bilan ma’naviy-ma’rifiy suhbat tashkil etildi.
Ko’rgazma davomida ishtirokchilarga xalqimizning boy tarixi, urf-odatlari, milliy liboslari, amaliy san’ati hamda ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan qadriyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, milliy qadriyatlarni targ’ib etuvchi adabiyotlar tavsiya qilinib, kitob mutolaasining ma’naviy kamolotdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.
«Milliy qadriyatlar — millat iftixori, ma’rifat va taraqqiyot poydevori!»
![]()