
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Joriy yilning 8-iyul kuni Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazida «Bir kunda – bir sahifa» loyihasi doirasida kitobxonlar ishtirokida mutolaa soatlari tashkil etildi.
Loyiha davomida turli yoshdagi kitobxonlar o‘zlari tanlagan badiiy va ilmiy-ommabop asarlardan kamida bir sahifadan mutolaa qilib, kitob o‘qishni kundalik odatga aylantirishga da’vat etildi. Mazkur tashabbus kitobxonlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish hamda ma’naviy dunyosini boyitishga xizmat qiladi.
![]()